TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI 1-SONLI
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Parkent tumani Krasnogorsk qo‘rg‘oni, Teatr ko‘chasi, 1-uy

Tel.: +998 70-75-6-51-40, 70-75-6-51-31

Bosh sahifaga qaytish

Assalomu alaykum!

Parkent tumani 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining rasmiy saytiga xush kelibsiz!

1970-yilda Yangiobod shahar ijroiy qo‘mitasiga qarashli Krasnogorsk shahar ko‘rinishidagi konchilar shaharchisida 1-sonli bolalar musiqa maktabi ochilgan. Maktabning birinchi direktori etib ma’lumoti bo‘yicha akademik xonanda V. N. Fomenko tayinlangan. Maktabda boshlang‘ich bosqichda ta’lim 5 ta yo‘nalishda olib borilgan – fortepiano, skripka, torli cholg‘ular, xalq cholg‘ulari (bayan, akkordeon), tasviriy san’at. O‘quvchilarga 13 ta pedagog ta’lim berigan. Maktabda kon boshqaruvi va Krasnogorsk madaniyat uyi ko‘magida shu davrning mashhur artistlari va ijrochilari – Roza Rimbayeva, “Samosveti” VIA, Rinat Ibragimov, Nikolay Gnatyuk, Yuriy Nikulin, Tatyana Antsiferova va boshqalar bilan uchrashuvlar tashkil etilgan.

Keyinchalik Chig‘iriq shaharchasida maktatabning filiali ochilib, o‘qituvchilar haftada ikki marta ushbu maktabga ishlagani borishgan. Yillar o‘tib Chig‘iriqdagi filial mustaqil maktabga aylangan.

1985-yilda maktab 1-sonli bolalar san’at maktabi deb atalgan.

Bolalar san’at maktabining butun faoliyati davomida maktab o‘quvchilari haqafat mahalliy, balki respublika, sobiq ittifoq miqyosidagi turli tadbirlarda va tanlovlarda ishtirok etishgan. Maktabning ba’zi bitiruvchilari hozirgi kunda faoliyatini respublikadan tashqarida – Rossiyada, Latviyada, Litvada, AQSH va boshqa mamlakatlarda olib borishmoqda.

2001-yilda maktab direktori etib L. D. Ryabenko tayinlangan. Uning davrida yangi - o‘zbek xalq cholg‘ulari (doira, chang, rubbob, g‘ijjak) va an’anaviy cholg‘u ijrochiligi yo‘nalishlari ochilgan. Uchbu yo‘nalishllarda ta’lim olgan o‘quvchilar respublika miqyosida o‘tkazilgan barcha tanlovlarda ishtirok etishgan. Maktabning ko‘plab sobiq bitiruvchilari oliy o‘quv yurtlarini bitirib o‘zimizning maktabimizda faoliyat olib borichmoqda.

2008-yildan 1-sonli bolalar san’at maktabi Angren shahar 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi deb atalib kelinadi.

Birinchi prezidentimizning 2008-yil 8-iyuldagi «Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida»gi 910-qaroriga muvofiq bizning maktab 2014-yilda to‘liq qayta ta’mirlanib moddiy-texnik bazasi yanada yaxshilandi. Maktab zamonaviy musiqa cholg‘ulari, ovoz kuchaytirgich, mebel va uskunalar bilan jihozlandi, bosqichma-bosqich ravishda zarur o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, notalar, SD disk va ko‘rgazmali materiallar bilan ta’minlanib kelinmoqda.

Hozirgi kunda maktabda quyidagi 10 ta yo‘nalish mavjud:

1. Fоrtepiаnо

2. Torli cholg‘ular

3. Xalq cholg‘ulari

4. Аn’аnаviy chоlg‘u ijrоchiligi

5. Аn’аnаviy xonandalik

6. Akademik xonandalik

7. Tasviriy san’at

8. Amaliy san’at

9. Teatr san’ati

10. Xoreografiya

Yo‘nalishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Siz ushbu va bo‘limlarning tegishli sahifalaridan olishingiz mumkin.

Maktab o‘quvchilari respublika miqyosida o‘tkazib kelinayotgan barcha tanlovlarda, tadbirlarda faol ishtirok etib kelishmoda. Ayniqsa torli cholg‘ular bo‘limi o‘qituvchisi Y. Yu. Pavlichenko rahbarligidagi skripkachilar ansabli viloyat miqyosidagi barcha tadbirlarning faol ishtirokchisidir. So‘nggi paytlarda onlayn tanlovlar, shu jumladan, xalqaro miqyoda, juda ommalashyapti. Maktabimiz o‘quvchilari ushbu tanlovlarda ham o‘z kuchlarini sinab faxrli o’rinlarni egallab kelishmoqda.

Kelgusi rejalarga to‘xtaydigan bo‘lsak maktabda damli-zarbli cholg‘ular, estrada ijrochiligi va xonandaligi, baxshichilik yo‘nalishlarini ichish niyatimiz bor.

Farzandlaringizni bizning maktabda ko‘rishdan doimo xursand bo‘lamiz

1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi direktori

MALIKOV ULUG‘BEK ESHMURATOVICH