TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI 1-SONLI
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Parkent tumani Krasnogorsk qo‘rg‘oni, Teatr ko‘chasi, 1-uy

Tel.: +998 70-75-6-51-40, 70-75-6-51-31

Fortepiano boʻlimining hisobot konserti oʻtkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 2025-yil 26-sentabrdagi 456-sonli buyrug‘iga asosan “Ijod maskani” turkum tadbirlari doirasida Toshkent viloyati Parkent tumani 1-son bolalar musiqa va san’at maktabida joriy yilning 19-mart kuni fortepiano boʻlimining hisobot konserti oʻtkazildi. Konsertda o‘quvchilar tomonidan o‘zbek, jahon klassik kompozitorlarining asarlari ijro etildi. Bo‘limning o‘quv yili davomida muayyan yutuqlarga erishgan o‘quvchilari maktab ma’muriyati tomonidan taqdirlandi.




19.03.2026Batafsil



Fortepiano yo‘nalishida seminar tashkil etildi

Joriy yilning 26-mart kuni Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Angren shahar 9-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida fortepiano yo‘nalishi bo‘yicha metodik seminar bo‘lib o‘tdi.Seminar davomida o‘qituvchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, zamonaviy pedagogik usullar, dars jarayonini samarali tashkil etish hamda o‘quvchilar bilan ishlashda qo‘llaniladigan innovatsion yondashuvlar haqida fikr almashdilar. Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar orqali fortepiano ijrochiligi bo‘yicha mahorat darslari namoyish etildi.



26.03.2026Batafsil


Maktabimiz o‘quvchilarining yutuqlari

Toshkent viloyati Parkent tumani Krasnagorsk shaharchasidagi 1-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi amaliy sanʼat va ananaviy xonandalik sinf oʻquvchilari Buxoro shahrida oʻtkazilgan “Sharq Gavhari II” Xalqaro koʻrik tanlovida faol ishtirok etishib faxrli 1-2 oʻrinlarni egallashdi. Maktab ma’amuriyati iqtidorli o‘quvchilarni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi va yutuqlar bardavom bo‘lib qolishini tilab qoladi.




28.03.2026Batafsil

BARCHA YANGILIKLARGA O‘TISH