TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI 1-SONLI
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Parkent tumani Krasnogorsk qo‘rg‘oni, Teatr ko‘chasi, 1-uy

Tel.: +998 70-75-6-51-40, 70-75-6-51-31

Bosh sahifaga qaytish

BMSM SKRIPKACHILAR ANSAMBLI

Pedagog Yekaterina Yuryevna Pavlichenkoy rahbarligidagi skripkachilar ansamblining dovrug‘i nafaqat tumanizda, balki, butun viloyatimizda keng tarqalgan. Ansambl viloyat miqyosida o‘tkaziladigan badiiy tabdirlarning faol ishtirokchisidir. E. Pavlichenko 40 yildan oshiq vaqt davomida jajji o‘g‘il-qizlarga skripkada chalish sirlarini o‘rgatib kelmoqda. Uning pedagogik saloxiyati yuqori. U darslarni yuqori saviyada tashkil etib o‘z fikrlarini puxta va izchil bayon qilish layoqatiga ega. Ye. Pavlichenko o‘z bilim va saviyasiga tayangan holda yosh avlodga ta’lim-tarbiya berib, ular bilan birgalikda turli tanlovlarda ishtirok etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda. Jumladan:

2017-yil «Kamalak Yulduzlari» festivalida Timurova Zuxra qatnashib maqtov yorlig‘i bila taqdirlandi.

2018-yil Rossiya Federasiyasi bo‘lib o‘tadigan «Солнечный Свет» onlayn xalqaro tanlovda skripkachilar ansambli qatnashib faxrli 1-o‘rinni, hamda Abdullaxakimov Raxmatjon va Karabasheva Yasmina o‘z nominatsiyalarida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

2018-yil «Kamalak Yulduzlari» festivalining Angren shahar bosqichida Karabasheva Yasmina qatnashib faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

2019-yil Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tadigan «Золотой Феникс» xalqaro tanlovda Kim Artyom tanlov diplomanti bo‘ldi.

2020-yil Rossiya Federasiyasida bo‘lib o‘tgan «Золотой Феникс» onlayn xalqaro tanlovda skripkachilar ansambli qatnashib faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

2021-yil O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasida bo‘lib o‘tgan Iqtidorli bolalar «WORLD MUSIC COLLEKTION» da Karabasheva Yasmina, hamda skripkachilar ansambli qatnashib faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.