2022-yil 29-sentabr kuni maktab konsert zalida 1-oktabr - oqituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan “Ustozlar va murabbiylar mehnati - yoshlar taraqqiyotining garovidir” konsert tadbiri bo‘lib o‘tdi.Tadbir boshida BMSM direktori U. Malikov o‘qituvchilarning jamiyatda tutgan o‘rni, davlatimiz tomonidan ularga qaratilayotgan e’tibor, barkamol avlodni tarbiyalash borasida o‘qituvchilarning oldida turgan vazifalari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Notiq o‘z so‘zida o‘qituvchilarning jamiyatda tutgan o‘rni, o‘sib kelayotgan barkamol avlodga ta'lim-tarbiya berishda o‘qituvchilarning vazifalari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Faoliyatida aloxida namuna ko‘rsatgan bir guruh o‘qituvchilar maktab ma’muriyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Tadbir davomida maktab o‘quvchilari badiiy-musiqiy chiqishlar qilishdi.





