Xalqaro an’anaviy “Tasviriy va amaliy san’at festivali” o‘tkazaildi
O‘zbekiston Resppublikasi Vazirlar Maxkamasining 2023-yil 3-aprel 12-sonli yig‘ilish bayonnomasiga binoan Toshkent viloyatida 2023-yil 19-20 aprel kunlari Chirchiq shahar ”Kimyogarlar” madaniyat saroyida “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” ga bag‘ishlangan Xalqaro an’anaviy “Tasviriy va amaliy san’at festivali” da o‘tkazildi. Festivalda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Yosh ijodkorlar bo‘limi a’zolari, Chirchiq Davlat pedagogika instituti talabalari, Toshkent viloyat o‘rta ta’lim maktablari, Bolalar musiqa va san’ati maktablari o‘quvchilari,Toshkent viloyati Yoshlar markazi “Tasviriy san’at” to‘garaklari o‘quvchilari, mahallalardagi uyushmagan yoshlar, va turli xususiy tasviriy va amaliy san’at studiyalarining tasviriy va amaliy san’at ijodiy ishlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zolari tomonidan yoshlar uchun mahorat mashg‘ulotlari olib borildi. Ushbu festivalda Parkent tumani 1-sonli BMSM tasviriy sanat va amaliy san’at yo‘nalishi o‘quvchilari ham faol ishtirok etishdi.






