TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI 1-SONLI
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Parkent tumani Krasnogorsk qo‘rg‘oni, Teatr ko‘chasi, 1-uy

Tel.: +998 70-75-6-51-40, 70-75-6-51-31

Fortepiano yo‘nalishida seminar tashkil etildi

Joriy yilning 26-mart kuni Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Angren shahar 9-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida fortepiano yo‘nalishi bo‘yicha metodik seminar bo‘lib o‘tdi.Seminar davomida o‘qituvchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, zamonaviy pedagogik usullar, dars jarayonini samarali tashkil etish hamda o‘quvchilar bilan ishlashda qo‘llaniladigan innovatsion yondashuvlar haqida fikr almashdilar.

Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar orqali fortepiano ijrochiligi bo‘yicha mahorat darslari namoyish etildi. Ishtirokchilar tomonidan o‘quvchilarning ijro mahoratini oshirish, texnik ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda musiqiy didni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Seminarda maktabimizning fortepiano o‘qituvchilari ham faol ishtirok etishdi.

Seminar yuqori saviyada tashkil etilib, barcha ishtirokchilar uchun foydali va mazmunli bo‘ldi.