TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI 1-SONLI
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Parkent tumani Krasnogorsk qo‘rg‘oni, Teatr ko‘chasi, 1-uy

Tel.: +998 70-75-6-51-40, 70-75-6-51-31

Fortepiano boʻlimining hisobot konserti oʻtkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 2025-yil 26-sentabrdagi 456-sonli buyrug‘iga asosan “Ijod maskani” turkum tadbirlari doirasida Toshkent viloyati Parkent tumani 1-son bolalar musiqa va san’at maktabida joriy yilning 19-mart kuni fortepiano boʻlimining hisobot konserti oʻtkazildi. Konsertda o‘quvchilar tomonidan o‘zbek, jahon klassik kompozitorlarining asarlari ijro etildi.

Bo‘limning o‘quv yili davomida muayyan yutuqlarga erishgan o‘quvchilari maktab ma’muriyati tomonidan taqdirlandi.