TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI 1-SONLI
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Parkent tumani Krasnogorsk qo‘rg‘oni, Teatr ko‘chasi, 1-uy

Tel.: +998 70-75-6-51-40, 70-75-6-51-31

“AYOLI E’ZOZLANGAN YURT” tadbiri o‘itkazildi

Joriy yilning 27-aprel kuni 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida xotin-qizlar faolligini oshirishga qaratilgan “Ayoli e’zozlangan yurt” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Parkent tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bolim boshlig‘i M.Inayatova, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi boshlig‘i D.Mirobidova, oqila ayollar harakati vakillari, xotin-qizlar faollari hamda tadbirkor ayollar ishtirok etdi. Mamlakatimizda oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlar, ayolga e’tibor va g‘amxo‘rlik davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani ta’kidlandi.

Tadbir davomida musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari tomonidan tashkil etilgan chiqishlar tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.