TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI 1-SONLI
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Parkent tumani Krasnogorsk qo‘rg‘oni, Teatr ko‘chasi, 1-uy

Tel.: +998 70-75-6-51-40, 70-75-6-51-31

Muzeylar - tarix tilsimoti, qadriyatlar beshigi

Muzeylar ajdodlardan meros bo‘lgan boylikni kelajak avlodga yetkazib beradigan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy xazina. Yillar davomida boyib, to‘lib boraveradigan bu xazina faqatgina madaniy qadriyatlar namoyishigina bo‘lib qolmay, uzoq tarix sahifalaridan so‘zlovchi bebaho kitob hamdir. 1977 yilning 18 - may kuni Xalqaro muzeylar Kengashi tomonidan ta’sis etilgan kasb bayrami endilikda dunyoning bir yuz ellikdan ortiq davlatida keng nishonlanmoqda.

Joriy yilning 2-may kuni 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi ma’muriyati tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlarida tahsil oluvchi o‘quvchilar uchun Toshkent shahridagi O'zbekiston davlat san'at muzeyi, Amir Temur muzeyiga sayohat tashkillashtirildi. O‘quvchilar muzey ekspponatlari bilan yaqindan tanishdilar.