Nurafshon shahrida mustaqillik bayrami viloyat tadbiri bo‘lib o‘tdi
Mustaqillik - har bir xalqning azaliy va muqaddas bayrami. Shuning uchun bu bayram barcha ozod, erkin, tenglar ichida teng bo‘lib, jahon hamjamiyatida o‘z qonuniy o‘rniga ega bo‘lgan xalqlar tomonidan eng ulug‘ milliy bayram sifatida nishonlanadi. Ayni shu kunlarda erishilgan yutuqlar sarhisob qilinib, kelajak sari dadil odimlar belgilanadi, davlatimizning oliy mukofotlari topshiriladi. Milliy o‘zligimizni qay darajada anglaganimizga yana bir bor nazar tashlanadi. Respublikamizning barcha hududlarida istiqlol ayyomi ko‘tarinki kayfiyatda keng miqyosda nishonlanadi.
Mustaqillikning 32 yilligi Toshkent viloyati markazi Nurafshon shahrida ham keng ko‘lamda nishonlandi. Ushbu tadbirda bizning maktab jamoalari ham faol ishtirok etishdi.









