TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI 1-SONLI
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Parkent tumani Krasnogorsk qo‘rg‘oni, Teatr ko‘chasi, 1-uy

Tel.: +998 70-75-6-51-40, 70-75-6-51-31

Zarkentda uzum sayli bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 15-16-sentyabr kunlari Parkent tumaning Zarkent qishlog‘ida uzum sayli festivali bo‘lib o‘tdi. Festivalni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, nafaqat yurtimiz, balki, xorijga turizm salohiyatini keng namoyish etish, milliy mahsulotimiz brendini jahon bozorida munosib o‘ringa ega bo‘lishini ta’minlash, qadimiy uzumchilik va vinochilik tajribasi hamda bog‘dorchilik mahsulotlarining noyob tur va navlarini keng ommalashtirish bo‘ldi.

Qadimiy uzumchilik, vinochilik tajribasi, bog‘dorchilik mahsulotlarining noyob turlari va navlarini keng ommalashtirishga qaratilgan festival doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, biznes-seminarlar, xorijiy va mahalliy yetakchi mutaxassislarning mahorat darslari tashkil etildi. Jumladan, O‘zbekiston Qahramoni Tojiboy Rizaev haqidagi “Tuganmas xazina” hujjatli filmi premerasi, folklor jamoalar va estrada san’atkorlarining chiqishlari, xalq urf-odatlari va an’analarini aks ettiruvchi madaniy dasturlar tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Ushbu festivalda maktabimiz jamoasi ham qatnashdi.