TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI 1-SONLI
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Parkent tumani Krasnogorsk qo‘rg‘oni, Teatr ko‘chasi, 1-uy

Tel.: +998 70-75-6-51-40, 70-75-6-51-31

"Wiedergeburt" nemis Madaniyat markazi xodimlarining mahorat darslari

Joriy yilning 22-oktabr maktabimizda “Wiedergeburt” nemis Madaniyat markazining xoreografiya, tasviriy va amaliy san’at sinflari o‘qituvchilari maktabning san’at yo‘nalishi o‘qituvchilari va o‘quvchilariga mahorat darslari o‘tkazishdi. Tadbir davomida uyushtirilgan konsertda nemis xalqining kuy va qo‘shiqlari yangradi. 1990-yili Toshkentda hududiy bo‘limlarni birlashtiruvchi “Wiedergeburt” — “Tiklanish” nemis milliy madaniy markazi tashkil etilgan. O‘zbekiston nemislar madaniy markazining ustuvor vazifalari — nemis madaniyatining eng muhim jihatlarini tiklash, nemis xalqining jozibador qo‘shiq va raqslari bilan o‘tadigan quvnoq bayramlarini tashkil qilish, yoshlarni nemis tiliga o‘rgatishdir. Ushbu markazlar qoshida yoshlar uchun xalq ijodiyoti, teatr va raqs san’ati bo‘yicha to‘garaklar ishlamoqda.


Markazning tasviriy san'at to‘garagi rahbari N. V. Rabbe va xoreografiya to‘garagi rahbari A. V. Grebennik o‘tkazgan mahorat darsida maktabimiz o‘quvchilari nemis xalq raqsini maroq bilan o‘rganishdi, nemis xalq ertaklariga illyustrasiyalar chizishdi.


Tadbir yakunida BMSM direktori U. Malikov mehmonlarga minnatdorchilik bildirar ekan, ushbu mahorat darsi oxirgisi emasligini, keyingchalik ham bunday hamkorlikni davom ettirishni ta’kidladi.