TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI 1-SONLI
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Parkent tumani Krasnogorsk qo‘rg‘oni, Teatr ko‘chasi, 1-uy

Tel.: +998 70-75-6-51-40, 70-75-6-51-31

Viloyat seminari bo‘lib o‘tdi

Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Bolalar musiqa va san’at maktablari direktorlar kengashi ish rejasiga muvofiq 2023-yil 25-sentabr kuni Angren shahar 23-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida “Bolalar musiqa va san’at maktablarida me’yoriy hujjatlar bilan ishlash” mavzusida oʻquv-amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda Toshkent viloyatining barcha BMSM direktorlari, o‘quv-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etishdi. O‘quv-amaliy seminarni Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i A. Shomurodov olib bordi. Seminar jarayonida seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.