TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI 1-SONLI
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Parkent tumani Krasnogorsk qo‘rg‘oni, Teatr ko‘chasi, 1-uy

Tel.: +998 70-75-6-51-40, 70-75-6-51-31

O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Har yili oktyabr oyining birinchi sanasi – O‘qituvchi va murabbiylar kuni butun yurtimiz bo‘ylab keng nishonlonadi. Shu munosabat bilan joriy yilning 29-sentyabr kuni Parkent tumani 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida bayram konsert tadbiri bolib o‘tdi. Tadbir yakunida kasb bayrami munosabati bilan ta’lim sohasini rivojlantirish, chuqur bilimga ega malakali kadrlarni tayyorlash ishlariga qo’shgan munosib ulushi, iqtidorli, sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalashdagi ulkan xizmatlari uchun bir guruh o’qituvchilar BMSM ma’muriyati tomonidan taqdirlandi.