TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI 1-SONLI
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Parkent tumani Krasnogorsk qo‘rg‘oni, Teatr ko‘chasi, 1-uy

Tel.: +998 70-75-6-51-40, 70-75-6-51-31

Faxrimsan, ona tilim!

Ona tili – millatning ruhidir. Til — davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demak. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrogʼi, gerbi, madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi. Ona tili — ezgu fazilatlar, yuksak tuyg‘ular manbai. Chunki, inson uchun hayotiy zarurat bo‘lmish bilim va tushunchalarni til vositasida ong-u shuurimizga singdiramiz, adob-axloqimiz, feʼl-atvorimiz til orqali berilgan o‘git hamda nasihatlar asosida shakllanadi.

Joriy yilning 20-oktyabr kuni 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida “Faxrimsan, ona tilim!” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni maktabning teatr yo‘nalishi o‘quvchilari tashkillashtirdi. Tadbir davomida ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar, milliy raqs dastalari yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.