TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI 1-SONLI
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Parkent tumani Krasnogorsk qo‘rg‘oni, Teatr ko‘chasi, 1-uy

Tel.: +998 70-75-6-51-40, 70-75-6-51-31

Madaniyat tizimida ta’limni rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi

Madaniyat vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalarining faoliyati yuzasidan tahliliy va tanqidiy ruhda yigʻilish oʻtkazildi. Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Baxodir Axmedov vazirlik tizimida faoliyat olib borayotgan oliy taʼlim muassasalari, kollejlar, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari, bolalar musiqa va san’at maktablarining bugungi holati, mutaxassis-kadrlarni tayyorlash borasida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar, taʼlim sifati toʻgʻrisidagi masalalarga tanqidiy toʻxtalib oʻtdi.

Aniqlangan kamchiliklar atroflicha muhokama qilinib, kamchiliklarni bartaraf etish, taʼlim sifatini yaxshilash boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi. Jiddiy kamchilikka yoʻl qoʻygan mas’ullarga intizomiy jazo choralari ko‘rilishi belgilandi.

Oliy taʼlim muassasalari bilan musiqa maktablari oʻrtasida doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish borasida jiddiy yondoshuvni tashkil etish kerakligi taʼkidlab oʻtildi.