Yosh gimnastikachilar muvaffaqiyati
Toshkent shahar Yunusobod tuman hokimligi tomonidan badiiy gimnastika sport turi bo‘yicha "Gimnastika Yulduzlari" shiori ostida "Xokim kubogi" Respublika ochiq turniri tashkil etildi. Ushbu turnirda ishtirok etgan oʼqituvchi D.O.O‘ktamova boshchiligiddagi xoreografiya sinfi "Munavvar" guruhi 1-o‘rinni egalladi. Maktab ma’muriyati yosh gimnastikachilarni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi.





