“Kamalak” yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivali boshlandi
Iqtidorli bolalarning ijodi hamda tashabbuslarini keng ommaga namoyish qilish, ayniqsa, bolalar orasida targ‘ib etish, yosh havaskor va professional ijodkorlarning faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida respublikamiz bo‘ylab “Kamalak” yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivali boshlandi. Festivalga arizalar 24-oktabrdan 15-noyabr kunlariga qadar Yoshlar ishlari agentligining tuman va shahar bo‘limlari orqali qabul qilinadi.
Tanlovga 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan ijodkor bolalar yakka, jamoaviy tarzda, quyidagi 6 ta yo‘nalishdan birini tanlagan holda ishtirok etishlari mumkin:
“A” guruhi: Klassika — fortepiano, torli, puflab, urib chalinadigan musiqa asboblari;
“V” guruhi: Vokal — anʼanaviy va akademik ijro, estrada, folklor hamda xor guruhlari;
“S” guruhi: Milliy cholgʻu — torli, chertib, puflab, urib chalinadigan musiqa asboblari;
“D” guruhi: Raqs va badiiy gimnastika — milliy, ball hamda zamonaviy raqslar, buyum (tasma, koptok, halqa, argʻamchi) bilan va usiz turli nafis gimnastika va raqs mashqlarini musiqa ostida bajarish;
“E” guruhi: Tasviriy va amaliy sanʼat. Tasviriy sanʼat yoʻnalishiga — grafika, rangtasvir, natyurmort, liboslar dizayni. Amaliy sanʼat yoʻnalishiga — haykaltaroshlik, kulolchilik, zardoʻzlik, quroqchilik, gilamdoʻzlik, biser toʻqish, yumshoq oʻyinchoqsozlik, naqqoshlik, kashtachilik, yogʻoch oʻymakorligi kiradi;
“F” guruhi: nasr va nazm. Nazm yoʻnalishiga — sheʼr, gʻazal, doston hamda nasr yoʻnalishiga — hikoya, ertak kiradi.
Festivalning tuman va shahar bosqichlari joriy yilning 15-30 noyabr kunlaril, viloyat bosqichi 2023-yilning 1-15 dekabr kunlari oʻrkaziladi.
Tanlovning o‘tkazilish tartibi haqida nizom bilan batafsil ushbu havola ushbu havola orqali tanishish mumkin.
- “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Kamalak yulduzlari” Respublika bolalar ijodiyoti festivali Nizomi
- “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivaliga roʻyxatdan otish uchun anketa
- “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivaliga roʻyxatdan otish uchun jamoa anketasi








