"Kitobxonlik" festivali o‘tkazildi
Joriy yilning 29-noyabr kuni Parkent tumani “Chotqol” madaniyat markazida Toshkent viloyati maktabgacha, maktab ta'limi boshqarmasi, hamda Parkent tumani 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi viloyat Bolalar kutubxonasi hamkorligida Respublika miqiyosida “Kitobxonlik” festivali o‘tkazildi. Tadbirda maktabimiz xoreografiya sinfi o‘qituvchisi S.P. Toshmatova , skripka sinfi o‘qituvchisi Ye.Yu. Pavlichenko, doira sinfi o‘qituvchisi A.U.Xolov, hamda an’anaviy xonandalik sinfi o‘qituvchi I.D.Buranovlar o‘z o‘quvchilari bilan, an’anaviy xonandalik sinfi o‘qituvchi A.A. Yo‘ldoshev o‘z qo‘shiqlai bilan ishtirok etishdi. Ularga A.N. Artikbayev va B.S. Turgubayev jo‘rnavozlarlik qilishdi. Maktab direktori U. Malikov tadbirda faol ishtiroki uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi












