TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI 1-SONLI
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Parkent tumani Krasnogorsk qo‘rg‘oni, Teatr ko‘chasi, 1-uy

Tel.: +998 70-75-6-51-40, 70-75-6-51-31

Tajriba almashish va ijodiy uchrashuv tashkil etildi

Joriy yilning 19-yanvar kuni maktabimizda Chirchiq shahar 3-sonli hamda maktabning torli cholg‘ular bo‘limi o‘qituvchilari o‘rtasida tajriba almashish va ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida o‘quvchilarning ijro mahoratini oshirish, ansambllar faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha hamkorlikda olib boriladigan ishlar kelishib olindi.