TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI 1-SONLI
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Parkent tumani Krasnogorsk qo‘rg‘oni, Teatr ko‘chasi, 1-uy

Tel.: +998 70-75-6-51-40, 70-75-6-51-31

“Sen aziz va muqaddassansan, ayol”

8 mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni go‘zal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi. Qutlug‘ sanada xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatish anʼanasi yil sayin umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lib, yuqori maqom darajasiga ko‘tarilmoqda. Insoniyat tarixida ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo‘lib kelgan. Inson, oila, ayol tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Oilani ham, jamiyatni ham birlashtirib, unga fayzu barokot kiritadigan xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mo‘tabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir.

1-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida ham 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “Sen aziz va muqaddassansan, ayol” bayram tadbiri tashkil qilindi. Bayram tadbirida maktabda faoliyat yuritayotgan barcha bo‘lim o‘quvchilari ishtirok etishdi. Ular ijrosida yangragan quvnoq kuy va qo‘shiqlar, dilrabo raqslar tadbirga o‘zgacha fayz baxsh etdi.