TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI 1-SONLI
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Parkent tumani Krasnogorsk qo‘rg‘oni, Teatr ko‘chasi, 1-uy

Tel.: +998 70-75-6-51-40, 70-75-6-51-31

OLAMNI QUCHGAN SAN’ATIM

2022-yil 29-noyabr kuni Parkent tumani 29-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi konsert zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlai to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanning 1-, 29- va 34-sonli bolalar muaiqa va san’at maktablari hamkorligida "Olamni quchgan san’atim" hisobot konserti bo‘lib o‘tdi. Konsert tadbirida BMSMlardagi mavjud barcha yo‘nalishlar o‘quvchilari o‘z iste’dodlarini namoyon qildilar. Tadbirda Toshkent viloyatining barcha BMSM rahbarlari, viloyat madaniyat boshqarmasi vakillari, tuman hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Soatov, Yoshlar ishlari Agentligi Parkent tuman bo‘limi boshlig‘i Nodir Mirqo‘ziyev, direktorlar kengashi raisi, ota-onalar ishtirok etishdi.

Tadbir so‘ngida mehnat faxriylari estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.