TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI 1-SONLI
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Parkent tumani Krasnogorsk qo‘rg‘oni, Teatr ko‘chasi, 1-uy

Tel.: +998 70-75-6-51-40, 70-75-6-51-31

Krasnogorsk shaharchasida xotira va qadrlash kuni nishonlandi

Joriy yilning 9-may kuni Parkent tumani 1-sonli BMSM, hamda “Chotqol” madaniyat markazi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Krasnagorsk shaharchasida 9-may xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan konsert otkazildi. Tadbirda maktabimizning xoreografiya bo‘limining raqqosalari, doirachilar va skripkachiar ansambllari faol ishtirok etishdi. Shuningdek, tadbir doirasida tasviriy san’at bo‘limi o‘quvchilari ham o‘z ishlarini namoyon etdilar. Tadbir ishtirokchilari Krasnogorsk xalqiga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.Parkent tumani hokimining birinchi ʻrinbosari Yorqin Abduhamidov, hamda hokim yordamchisi Jahongir Ahmedovlarning bayram tabrigi, hamda tashakkurnomalari bilan taqdirlashi, xarbiylar chiqishlari, urush yillarining sahna koʻrinishlari, xush ovoz xonandalarning kuy va qoʻshiqlari tadbirda oʻzgacha koʻrk oldi.