TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI 1-SONLI
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Parkent tumani Krasnogorsk qo‘rg‘oni, Teatr ko‘chasi, 1-uy

Tel.: +998 70-75-6-51-40, 70-75-6-51-31

Zarkent qishlog‘ida uzum sayli festivali bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 23-25-avgust kunlari Parkent tumaning Zarkent qishlog‘ida uzum sayli festivali bo‘lib o‘tdi. Festivalni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, nafaqat yurtimiz, balki, xorijga turizm salohiyatini keng namoyish etish, milliy mahsulotimiz brendini jahon bozorida munosib o‘ringa ega bo‘lishini ta’minlash, qadimiy uzumchilik va vinochilik tajribasi hamda bog‘dorchilik mahsulotlarining noyob tur va navlarini keng ommalashtirish bo‘ldi.

Qadimiy uzumchilik, vinochilik tajribasi, bog‘dorchilik mahsulotlarining noyob turlari va navlarini keng ommalashtirishga qaratilgan festival doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, biznes-seminarlar, xorijiy va mahalliy yetakchi mutaxassislarning mahorat darslari tashkil etildi.

Ushbu festivalda maktabimiz jamoasi ham qatnashdi. Skripkachilar ansabli tomonidan ijro etilgan kuylar, yosh raqqosalarimiz tomonidan ijro etilgan jozibador raqslar tomoshabinlarrni xushnud qildi.