TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI 1-SONLI
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Parkent tumani Krasnogorsk qo‘rg‘oni, Teatr ko‘chasi, 1-uy

Tel.: +998 70-75-6-51-40, 70-75-6-51-31

“Hashar — elga yarashar”

Ma’lumki xalqimiz ma’naviyatida, qadriyatlarida boshqa xalqlar o‘rgansa va o‘z tajribasida qo‘llashga arziydigan ko‘pgina ibratli tajribalari mavjud. Masalan, “hashar” deb atalgan tadbir barchani birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Hashar — bu xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassam. Joriy yilning 23-avgusat kuni barcha tashkilotlar kabi bizning maktabda ham umumxalq hashari ko‘taringki ruhda o‘tdi. Sinf xonalarida, maktabning tashqi hovlisida qizg‘in ishlar olib borildi. Daraxtlar oqlandi, chiqindilar olib tashlandi.