TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI 1-SONLI
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Parkent tumani Krasnogorsk qo‘rg‘oni, Teatr ko‘chasi, 1-uy

Tel.: +998 70-75-6-51-40, 70-75-6-51-31

Krasnogorsk shaharchasida bayram tadbirlari boʻlib oʻtdi

Mustaqillik - har bir xalqning azaliy va muqaddas bayrami. Shuning uchun bu bayram barcha ozod, erkin, tenglar ichida teng bo‘lib, jahon hamjamiyatida o‘z qonuniy o‘rniga ega bo‘lgan xalqlar tomonidan eng ulug‘ milliy bayram sifatida nishonlanadi. Ayni shu kunlarda erishilgan yutuqlar sarhisob qilinib, kelajak sari dadil odimlar belgilanadi, davlatimizning oliy mukofotlari topshiriladi. Milliy o‘zligimizni qay darajada anglaganimizga yana bir bor nazar tashlanadi. Respublikamizning barcha hududlarida istiqlol ayyomi ko‘tarinki kayfiyatda keng miqyosda nishonlanadi.

Joriy yilning 30 avgust kuni “Bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak- Vatanmiz“ ezgu g‘oyasi ostida Parkent tumani 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi va Chotqol madaniyat markazi tomonidan mustaqilligimizning 33 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkillashtirildi.