Umummaktab majlisi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 7-sentyabr kuni Parkent tumani 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida pedagoglar va o‘quvchilar uchun 2024-2025-yangi o‘quv yiliga bag‘ishlangan umummaktab majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni maktab direktori U. Malikov olib bordi. Notiq maktab o‘quvchilarining 2023-2024-o‘quv yilida erishgan yutuqlari, yangi o‘quv yilida oldinga qo‘yilgan vaziafalar to‘risida to‘xtalib o‘tdi. Majlis o‘quvchilarning badiiy chiqishlari bilan davom etti.







