“Qadring baland bo‘lsin - ona tilim” tadbiri o‘tkazildi
Joriy yilning 21-oktyabr kuni Parkent tumani “Chotqol” madaniyat markazida 21-oktyabr - o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Oʻzbekiston xalq shoiri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati boʻlimi rahbari Mahmud Toir, Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi Toshkent viloyati boʻlimi rahbari Rahmatilla Sheraliyevlar va boshqa mehmonlar ishtirok etishdi.
Tadbirda Toshkent viloyati maqomchilar ansambli, 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilarining chiqishlari yig‘ilganlarga yaxshi kayfiyat baxsh etdi.









