“Bayrog‘imiz - faxririmiz, g‘ururimiz” tadbiri o‘tkazildi
Parkent tumani 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida joriy yilning 19-noyabr kuni tinch va osoyishta hayotimiz, yorug‘ kelajagimiz timsoli boʼlgan “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Bayram tadbirida namoyish etilgan kuy-qo‘shiq va raqslarning barchasidan milliy g‘ururimiz, faxrimiz - bayroq tarannum qilindi.






