TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI 1-SONLI
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Parkent tumani Krasnogorsk qo‘rg‘oni, Teatr ko‘chasi, 1-uy

Tel.: +998 70-75-6-51-40, 70-75-6-51-31

Musiqa nazariyasi o‘qituvchilarining viloyat seminari bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 5-noyabr kuni Angren shahar 10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida Toshkent viloyati bolalar musiqa va san’at maktablari nazariy fanlar o‘qituvchilarining viloyat seminari bo‘lib o‘tdi. Seminar mavzusi “Nazariy fanlarni o‘rganishga zamonaviy yondashuv. Bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quv jarayoni doirasida o‘qitish sifatini oshirish uchun yangi texnologiyalarni qo‘llash”.

Seminarning maqsadi - musiqiy ta’limning obro‘si va sifatini oshirish, talabalarni musiqiy fanlarni o‘qitishning faol ish jarayoniga jalb qilish.

Seminarni 10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi nazariy fanlar bo‘limi mudiri, pedagog Turgunova Gulnara Tuganovna olib bordi.

Seminar davomida tinglash, tahlil qilish va rivojlantirish uchun juda ko‘p qiziqarli misollar koʻrsatib oʻtildi. Buyuk bastakor Lyudvig Van Betxovenning musiqasi tinglandi. Uning hayoti va ijodi haqida munozaralar bo‘lib o‘tdi. Bastakorlarning asarlari ijro etildi.

Viloyatning barcha tuman, shaharlaridan kelgan o‘qituvchilar bilan seminar davomida savol-javoblar, o‘zaro fikr almashishlar bo‘lib o‘tdi.


Teotiya_seminar
Teotiya_seminar
Teotiya_seminar
Teotiya_seminar
Teotiya_seminar
Teotiya_seminar
Teotiya_seminar