TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI 1-SONLI
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Parkent tumani Krasnogorsk qo‘rg‘oni, Teatr ko‘chasi, 1-uy

Tel.: +998 70-75-6-51-40, 70-75-6-51-31

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi o‘qituvchilari mahorat darsi o‘tkazishdi

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi xalq cholg‘ularida ijrochilik kafedrasi dotsenti, changchilar ansambli badiiy rahbari Axadjon Bokilloyevich Mamadaliyev, yetakchi jo‘rnavoz Larisa Mirzayevna Abdualyamova, xalq cholg‘ularida ijrochilik kafedrasi professori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Fazilat Shukurova va xalq cholg‘ularida ijrochilik kafedrasi katta o‘qituvchisi Dilfuza Utkirovna Abdugapparova tomonidan joriy yilning 6-may kuni Parkent tumani 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining xalq cholg‘ulari bo‘limi chang sinfi oʻquvchilari uchun mahorat darslari hamda konsert tashkil etildi. Konservatoriyadan tashrif buyurgan ustozlar tomonidan maktabga professor Fazila Shukurovaning kitobi sovg‘a qilindi.