NURAFSHON SHAHRIDA YANGI YIL BAYRAMI TADBIRI
Nurafshon shahrining Toshkent viloyati markazi sifatida tashkil etilganiga 5 yil bo‘ldi. Viloyat miqyosidagi barcha yirik tadbirlar ushbu yosh, navqiron, kundan-kunga chiroyi ochilib borayotgan shaharda o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, bu yilgi yangi yil tadbirlari ham shaharning yangi qurilgan amfiteatrida tashkillashtirildi. Viloyatning barcha shahar va tumanlarining madaniyat sohasi vakillari ushbu joyda yangi yilga bag‘ishlangan konsert tadbirlarini o‘tkazishdi. 30-dekabr kuni ushbu sahnada Parkent tumani madaniyat yo‘nalishi vakillari o‘z san'atini namoyon qilishdi. 1-BMSMning xalq cholg‘ulari, teatr, estrada xonandali yo‘nalishlari o‘quvchilari tomonidan sahnalashtirilgan "Yangi yil sarguzashtalari" ko‘rinishi tomoshabimlarda chuqur taassurot qoldirdi.




