Inson aziz – xotira muqaddas
Joriy yilning 3-may kuni Parkent tumani 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi tumanning 58-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi bilan hamkorlikda ikkinchi jahon urush qatnashchisi, 100 yoshga kirgan Anarboy dodaga konsert tadbiri tashkilashtirdi. Konsertda maktabning xoreografiya, an’anaviy xonandalik yo‘nalishlari, xalq cholg‘ulari yo‘nalishining doira sinfi va dutor sinfi o‘quvchilari ishtirok etishdi.








