Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!
Joriy yilning 2-sentyabr kuni Parkent tumani 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34-yilligiga bag‘ishlangan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” konsert tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda maktabimiz o‘quvchilari o‘zlarining chiqishlari bilan barchaga bayramona shukuh ulashishdi.
Tadbirga barcha ota-onalar va o‘quvchilar tashrif buyurishdi, yangi qabul qilingan o‘quvchilar ko‘tarinki ruxda o‘quv yilini boshladilar.






