TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI 1-SONLI
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Parkent tumani Krasnogorsk qo‘rg‘oni, Teatr ko‘chasi, 1-uy

Tel.: +998 70-75-6-51-40, 70-75-6-51-31

Ustozlar ilm kaliti-bilim o‘chog‘i

Joriy yilning 26-sentyabr kuni Parkent tumani 1-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida shaharchamiz uztozlarga 1-oktyabr “O‘qituvchilar va murabbiylar” kuniga bagʻishlangan “Ustozlar ilm kaliti-bilim o‘chog‘i” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda maktabning barcha yo‘nalishlari o‘quvchilari ishtirok etishdi. Kontsertda tadbir mexmoni “Nihol” mukofoti sovrindori Xo‘djiyeva Nodira o‘z qo‘shiqlari bilan ishtirok etib uztozlarga bayramona kayfiyat ulashdi.