TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI 1-SONLI
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Parkent tumani Krasnogorsk qo‘rg‘oni, Teatr ko‘chasi, 1-uy

Tel.: +998 70-75-6-51-40, 70-75-6-51-31

Hamkorlik memorandumi amalda!

Toshkent viloyati Parkent tumani 1-son bolalar musiqa va san’at maktabi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi bilan mahorat darslari o‘tkazish, konsert tadbirlari tashkil etish borasida hamkorlik memorandumini imzolagan. Ushbu memorandum doirasida joriy yilning 9-oktyabr kuni konservatoriyaning fortepiano ijrochiligi yo‘nalishi II kurs talabalari maktabimizda konsert uyushtirishdi. Konsertda o‘zbek va chet el kompozitorlarining asarlari yangradi.

Ushbu konsertda maktabimizning fortepiano yo‘nalishida tahsil oluvchi o‘quvchilar ham o‘z iste’dodlarini namoyon etdilar.