TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI 1-SONLI
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Parkent tumani Krasnogorsk qo‘rg‘oni, Teatr ko‘chasi, 1-uy

Tel.: +998 70-75-6-51-40, 70-75-6-51-31

Pedagoglar malaka sinovlaridan o‘tishdi

Joriy yilning 30-oktyabrdan 1-noyabr kuniga qadar Toshkent shahar 14-sonli bolalar musiqa va san‘at maktabida Toshkent viloyati bolalar musiqa va san’at maktablari, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari pedagog kadrlarining oʻquv fanidan malaka sinovlari bo‘lib o‘tdi. Joriy sinovdan viloyat ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan 313 nafar pedagog ijodiy va nazariy (ogʻzaki, yozma) shaklda malaka sinovlaridan o‘tishi rejalashtirilgan.