“Buyuk bobolarimiz bilan faxrlanamiz” RASMLAR TANLOVI
2023-yil 1-fevral kuni Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Parkent tumanidagi 1-, 29- va 34-sonli bolalar musiqa va san’at maktablari va Parkent tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi bilan hamkorlikda “Buyuk bobolarimiz bilan faxrlanamiz” mavzusida Abu Rayxon Beruniy va Alisher Navoiy tavallud kuniga bag‘ishlangan tanlov va ko‘rgazma o‘tkazildi. Shuningdek, amaliy san’at sinfi o‘qituvchilari tomonidan mahorat darslari tashkil etildi. Tadbir Parkent tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi bilan tuzilgan hamkorlik memorandumida belgilangan reja asosida tashkillashtirildi.









