TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI 1-SONLI
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Parkent tumani Krasnogorsk qo‘rg‘oni, Teatr ko‘chasi, 1-uy

Tel.: +998 70-75-6-51-40, 70-75-6-51-31

“Zakovat” intellektual o‘yinlarining hududiy musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, iqtidorli va iste’dodli yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarish hamda yoshlar oʻrtasida milliy istiqlol gʻoyasi va birdamlikni ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati bolalar musiqa va san’at maktablari jamoalari oʻrtasida “Zakovat" intellektual oʻyinlari tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 12-noyabr kuni Parkent tumani 29-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tgan “Zakovat” intellektual musobaqasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada Parkent tumani 1-sonli, 29-sonli va 34-sonli, shuningdek Yuqori Chirchiq tumani 24-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi jamoalari ishtirok etishdi.

Musobaqa murosasiz bahs-munozaralarga boy tarzda oʻtdi. Musobaqada tashkilotchilar tomonidan berilgan mantiqiy va aniq manbalarga asoslangan savollar, ishtirokchilar qayd etgan yuqori natijalar yoshlarning intellektual salohiyati yuqori ekanligini koʻrsatdi.


div>