TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI 1-SONLI
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Parkent tumani Krasnogorsk qo‘rg‘oni, Teatr ko‘chasi, 1-uy

Tel.: +998 70-75-6-51-40, 70-75-6-51-31

Maktabimizda “Bayrog‘im-faxrim” tadbiri bo‘lib o‘tdi

Davlatimiz bayrogʻi yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, obodlik, millatlararo totuvlik, qut-baraka, biz erishayotgan bemisl yutuqlar va kelajakka boʻlgan mustahkam ishonch ramzidir. Shu bois ham u qalbimizga tuganmas iftixor, milliy gʻurur tuygʻularini bagʻishlaydi. «Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida»gi qonunda Davlat bayrogʻini asrab-avaylash tartib-qoidalari mustahkamlab qoʻyilgan. Vatan bayrogʻini koʻzga toʻtiyo qilib, uni asrash har birimizning burchimizdir.

18-noyabr kuni tinch va osoyishta hayotimiz, yorug‘ kelajagimiz timsoli boʼlgan “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan kun munosabati bilan Parkent tumani 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Teatr sinfi o‘quvchilari dablatimiz bayrog‘ini tarannum etuvchi she’rlar o‘qishdi, kuy va qo‘shiqlar tarannum etishdi.

Maktab foyesida tasviriy va amaliy san’at bo‘limi o‘quvchilarining davlat bayrog‘I aks ettirilgan ishlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.