“Ijod maskani” turkum tadbirlari doirasida mahorat darsi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 2025-yil 26-sentabrdagi 456-sonli buyrug‘iga asosan “Ijod maskani” turkum tadbirlari doirasida joriy yilning 26-noyabr kuni Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Parkent tumani 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida, hamkorlikda imzolangan memorandumga ko‘ra V.A.Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi xalq cholg‘u bo‘limi mutaxassislari, bo‘lim boshlig‘i Abdullayev Bexzod Nigmatullayevich, o‘qituvchi Karimov Jamshid Yulchibayevich, jo‘rnavoz Karimov Shuxrat Zokirovich va Ergasheva Diyora Toshpulat qizlari ishtirokida maktabimizda ta’lim olib kelayotgan o‘quvchilarga bilim ko‘nikmalarini oshirish maqsadida mahorat darsi va konsert o‘tkazildi.




