TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI 1-SONLI
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Parkent tumani Krasnogorsk qo‘rg‘oni, Teatr ko‘chasi, 1-uy

Tel.: +998 70-75-6-51-40, 70-75-6-51-31

Teatr sinfi o‘quvchilari 21-sonli MTMga tashrif buyurishdi

Maktabimiz Krasnogorsk shaharchasidagi maktabgacha ta’lim muassasalari bilan uzoq yillardan buyon hamkorlik qilib keladi. Ayniqsa, san’at bo‘limi teatr sinfi o‘quvchilarini MTM tarbiyalanuvchilari ishtiyoq bilan kutishadi. Joriy yilning 28-noyabr kuni yosh artislarimiz 21-sonli MTMga tashrif buyurib o‘zlarining san’atlarini namoyon qildilar. O‘qituvchi Z. Sh. Kosimova.