TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI 1-SONLI
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Parkent tumani Krasnogorsk qo‘rg‘oni, Teatr ko‘chasi, 1-uy

Tel.: +998 70-75-6-51-40, 70-75-6-51-31

“Dilkash navolar” konsert dasturi bo‘lib o‘tdi

Respublika bolalar musiqa va san’at maktablarida “Ijod maskanlari” turkum tadbirlarini o‘tkazish reja-jadvaliga muvofiq Noyabr oyi xalq cholg‘ulari va an’anaviy cholg‘u ijrochiligi oyligi deb belgilangan. Ushbu oyda maktabimizda faoliyat yurituvchi an’anaviy cholg‘u ijrochiligi va an’anaviy xonandalik bo‘limi tomonidan qator tadbirlar amalga oshirildi. 28-noyabr kuni bo‘lim o‘quvchilari va o‘qituvchilari tomonidan “Dilkash navolar” nomli konsert dasturi taqdim qilindi.