TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI 1-SONLI
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Parkent tumani Krasnogorsk qo‘rg‘oni, Teatr ko‘chasi, 1-uy

Tel.: +998 70-75-6-51-40, 70-75-6-51-31

“Sen biz bilan birgasan”

3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Joriy yilning 1-dekabr kuni Chotkol madaniyat markazida Parkent tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi, hamda Parkent tumani 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi bilan hamkorlikda maktablarda inklyuziv va uydagi taʼlim shaklida tahsil olib kelayotgan alohida taʼlim ehtiyojiga ega boʻlgan bolalar uchun “Sen biz bilan birgasan” shiori ostida tadbir oʻtkazildi.

Inklyuziv va uydagi taʼlim shaklida tahsil olib kelayotgan farzandlarimizga xomiylar tomonidan sovg‘alar tarqatildi.

Tadbirning badiiy qismida namoyish etilgan teatr, ragslar, milliy kuy-qo‘shiqlar, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi.