TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI 1-SONLI
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Parkent tumani Krasnogorsk qo‘rg‘oni, Teatr ko‘chasi, 1-uy

Tel.: +998 70-75-6-51-40, 70-75-6-51-31

“Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik va adolat garovi!”

8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Parkent tumani Krasnagorsk shaharchasi 37-son Chotqol madaniyat markazida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Unda tuman madaniyat bo‘limi hamda 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi tomonidan tayorlangan kuy-qo‘shiqlar barchaga birdek xush kayfiyat ulashdi.