TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI 1-SONLI
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Parkent tumani Krasnogorsk qo‘rg‘oni, Teatr ko‘chasi, 1-uy

Tel.: +998 70-75-6-51-40, 70-75-6-51-31

"Ayol borki olam munavvar"

Eng go‘zal oyning eng nafis bayrami - xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatish an’anasi yil sayin umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lib bormoqda. Zero, jamiyatning madaniyat darajasi, ma’naviy barkamolligi ayollarga bo‘lgan munosabat bilan belgilanadi. Jannat poyida bo‘lgan mo‘tabar onalarimizni e’zozlash, ularning farzand tarbiyasi va yurt kelajagi yo‘lidagi jonkuyarliklarini qadrlash, shuningdek, munis ayollarimiz va suyukli opa-singillarimizni ardoqlash xalqimizga xos qadriyat sanaladi. Joriy yilning 7-mart kuni 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida ham ushbu bayramga bag‘ishlangan bayram konsert-tadbiri bo‘lib o‘tdi. Maktab direktori U. Malikov tadbirni ochishda ayollarning jamiyatda tutgan o‘rnini ta‘kidlar ekan, 1-sonli BMSM xotin-qizlari faoliyatiga aloxida to‘xtalib o‘tdi. Konsertda maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan kuy, qo‘shiq va raqslar tomoshabinlarga havola etildi.