TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI 1-SONLI
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Parkent tumani Krasnogorsk qo‘rg‘oni, Teatr ko‘chasi, 1-uy

Tel.: +998 70-75-6-51-40, 70-75-6-51-31

“Zo‘ravonlika yo‘l yoq!”

Biz zo‘ravonlikka qarshimiz. Hozirgi kunda zo‘ravonlik butun dunyoda eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. U oilaga, jamiyatga va eng muhimi – inson qalbiga katta zarar yetkazadi. Shuning uchun ham biz fuqarolar sifatida, zo‘ravonlikka qarshi turishimiz, uni oldini olishda faol bo‘lishimiz kerak.

Biz zo‘ravonlikka qarshi turishimiz, boshqalarga yordam berishimiz, nizolarni muloyimlik bilan hal qilishimiz va hech kimni kamsitmaslik orqali jamiyatga o‘rnak bo‘lishimiz kerak. Tinchlik – eng katta boylik, zo‘ravonlik esa uning eng katta dushmani.

Zo‘ravonlik jamiyatni zaiflashtiradi, odamlar orasidagi ijonchni buzadi va kelajakka putur yetkazadi.

Tinchlik, totuvlik va mehr insoniyatning eng ulug‘ qadriyatlaridan biridir. Har kim zo‘ravonlikni rad etsa, jamiyat yanada barqaror, tinch va baxtli bo‘ladi.

Joriy yilning 10-dekabr kuni Parkent tumani 1-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabining tasviriy sanʼat yo‘nalishining o‘quvchilari tomonidan “Zo‘ravonlika yo‘l yoq!” mavzusida ijodiy ko‘rgazma o‘tkazildi.

O‘qituvchilar: Sh.G. Soliddinov, Z.A. Misirova va M. D. Baxtiyorova.