Maktab hisobot konserti bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 26-dekabr kuni Parkent tumani 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida 2025-2026 o‘quv yilining birinchi yarim yilligi hamda Yangi yil bayrami munosabati bilan hisobot konserti bo‘lib o‘tdi.
Konsertda maktabda faoliyat ko‘rsatayorgan barcha bo‘limlarning o‘qituvchi va o‘quvchilari o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishib barchaga bayramona kayfiyat ulashishdi.














