Maktabimiz o‘qituvchilari viloyat o‘quv-amaliy seminarlarida ishtirok etishdi
Toshkent viloyati bolalar musiqa va san’at maktablari direktorlar kengashi ish rejasiga muvofiq, yanvar oyida BMSMlar oʻqituvchilari uchun o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etildi.
Angren shahar 9-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida “Farg‘ona raqs maktabi raqslarida qo‘l va oyoq holatlarini o‘rganish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Xoreografiya yonalishi oʻqituvchilari N. A. Kamilova, S. S. Babajanova, M. R. Madaminovalar tomonidan tashkil etilgan ushbu seminarda xoreografiya o‘quvchilari ijrosida “Raqslar guldastasi” namoyish etildi.
Qibray tumanida o‘zbek xalq cholg‘ulari yo‘nalishining dutor sinfi o‘qituvchilari uchun “Ovoz va artikulyatsiyani yo‘lga qo‘yish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Maktabimiz xalq cholg‘ulari va xoreografiya o‘qituvchilari ushbu smeninarlarda faol ishtirok etishdi.












