“Muqaddas ayol millat fahri va hayot chirog‘i” konsert dasturi boʻlib oʻtdi
Parkent tumani 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida “Milliy qadriyatlar oyligi” munosabati bilan joriy yilning 4-mart kuni Xalqaro-xotin qizlar kuniga bag’ishlangan “Muqaddas ayol millat fahri va hayot chirog‘i” nomli konsert dasturi bo’lib o’tdi.
Tadbir davomida maktab o'quvchilar tomonidan xor jamoasi, dutor yo’nalishi raqs yo’nalishlari, hamda tadbir mehmonlari Isroil Saidumarov, Azizbek Bekmurodov San'atbek Farmonov, Avazbek Shomurodov, Lobar Umarovalar o‘z kuy va qo‘shiqlari bilan tomoshabinlarga kotarinki kayfiyat ulashdi.
Ta’kidlash joizki, har bir chiqish o‘zida puxta tayyorgarlik, ustozlar mehnati va o'quvchilarning, hamda mehmon xonandalarning jonli ijroda o‘tkazilgan mazkur konsert nuroniylar, hamda san’at shinavandalariga ko‘tarinkilik va xush kayfiyat baxsh etdi.










